«Yuventus» Rabyo borasida bir qarorga keldi

Adriyen Rabyo «Yuventus» bilan shartnomasi iyun oyining so‘nggi kunida tugashi bilan erkin agentga aylandi.

Matbuot fransiyalik futbolchi hali ham Turin klubida qolishi mumkinligini yozgan.

Yaqinda Rabyo uchun taklif yaxshilangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Biroq, aftidan, tomonlar kelisha olishmagan.

«Yuventus»da sport direktori lavozimini egallab turgan Krishtianu Juntoli futbolchining ketishini e’lon qildi.

Men Adriyen Rabyoga minnatdorchilik bildirmoqchiman va unga kelajakdagi faoliyati uchun eng yaxshi tilaklarimni bildiraman», – deya Juntolining so‘zlarini keltirmoqda «Yuventus» matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter