Arne Slot debyut mavsumida «Liverpul»ni Angliya kubogi finaliga olib chiqdi.
Niderlandiyalik murabbiy shogirdlari Angliya Liga kubogi chorak finalining javob o‘yinida «Tottenxem»ni birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgach (0:1) 4:0 hisobida mag‘lub etdi va finalda endi «Nyukasl» bilan uchrashadi.
Bu Slotning «Liverpul»dagi birinchi mavsumi. O‘tkazilgan 37 o‘yinda «qizillar» 29 g‘alaba, 5 durang va 3 mag‘lubiyatga uchragan, to‘plar farqi 91:31.
Avvalroq Slot «Feyenoord»ni (2021-2024) boshqargan va klub bilan ikkita sovrinni qo‘lga kiritgan – 2022/23 yilgi Niderlandiya chempionati va 2023/24 yilgi Niderlandiya kubogi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/