Mareska: «Palmer – top o‘yinchi»
«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmerning o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Koul Palmer – top-futbolchi, u shu toifaga kiradi. U har doim o‘yinlarda g‘alaba qozonishga, eng yaxshi bo‘lishga harakat qilishni istaydi,» – deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Joriy mavsumda 22 yoshli Palmer barcha musobaqalarda 29ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va oltita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/