«MYU» so‘nggi 5 ta o‘yinning bittasida g‘alaba qozondi
«Manchester Yunayted» so‘nggi 4 o‘yinning faqat bittasida g‘alaba qozongan.
Bugun Ruben Amorim shogirdlari APLning 26-turida “Everton” bilan durang o‘ynadi (2:2).
So‘nggi to‘rtta o‘yinda «mankunianliklar» bor-yo‘g‘i bitta g‘alabaga erishgan – «Lester» (2:1). Bu davrda “Kristal Pelas” va “Tottenxem”ga ham mag‘lub bo‘ldi.
«Manchester Yunayted» 30 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. 26 fevral kuni jamoa «Ipsvich» bilan uchrashadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/