“YUventus” hujumchisi borasida bir qarorga keldi

Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati serbiyalik markaziy hujumchi Dushan Vlaxovichni sotishga qaror qildi.

Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «keksa sinyora» futbolchining transferidan taxminan 40-50 million yevro ishlab olishni kutmoqda.

Oldinroq matbuotda Vlaxovichni sotib olishga Londonning «Arsenal» klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

25 yoshli hujumchi Italiya chempionatining joriy mavsumida 19 ta o‘yin o‘tkazdi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter