«Everton» muxlislari «MYU»ning Chempionshipga tushib ketishini «tilashdi»
«Everton» muxlislari «Manchester Yunayted»ning Premyer-ligadan tushib ketishi haqida hayqirishdi.
«Manchester Yunayted» APLning 26-turida «Everton» mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Betu va Abdulaye Dukurning gollari evaziga «Everton» 72-daqiqagacha hisobda oldinda borayotgandi. Ammo keyin Brunu Fernandesh va Manuel Ugarte gol urib, hisobni tenglashtirishdi.
«Everton» 2:0 hisobida oldinda borayotganida «Gudison Park»dagi muxlislar «Pastlash» deb hayqira boshlashdi. Ko‘p o‘tmay, X ijtimoiy tarmog‘ida «Quyi ligaga tushib ketish» iborasi ommalasha boshladi.
Ayni damda “Everton” 31 ochko bilan APL turnir jadvalida 12-o‘rinda, “Manchester Yunayted” esa 30 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/