«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis klub bilan yangi shartnoma borasida fikr bildirdi.
«Men «Bavariya» bilan shartnomamni uzaytirganimdan juda xursandman va hayajondaman. Bu uzoq davom etdi, lekin biz uddaladik. Men o‘zimni keyingi 5 yil yoki undan ham ko‘proq vaqt davomida Myunxenda ko‘raman,» – deya Devisning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Devis «Bavariya» safida 2019 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli kanadalik barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/