Mottaning chetlatilishi «Yuventus»ga qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi
«Yuventus» bosh murabbiyi bo‘lish oson ish emas. Turin klubi boshchiligidagi yo‘li mashaqqatli va ko‘plab to‘siqlarga boy bo‘lgan Tiago Motta buni yaxshi tushunadi.
Barcha qiyinchiliklarga qaramay, klub rahbariyati Mottani hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha o‘z o‘rnida saqlab qolishga moyil, chunki uch yillik loyiha vaqt talab etadi.
Tiago Mottaning iste’foga chiqarilishi «Yuventus»ga katta mablag‘ga tushadi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uning maoshi yiliga 3,5 million yevro va bonuslarga teng.
Soliqlar va shartnomaning mavsum oxirida bekor qilinishi mumkinligini hisobga olsak, murabbiyning tovon puli taxminan 15 million yevroni tashkil qiladi. Qolaversa, uning murabbiylar shtabiga maosh to‘lash kerak bo‘ladi, bu esa umumiy xarajatlarni 20 million yevrogacha oshiradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/