Olmo: «Men Xorvatiya terma jamoasida o‘ynashim mumkin edi, lekin har doim o‘zimni ispan deb his qilardim»
«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkinligini esladi.
Ispaniyalik futbolchi professional faoliyatini Zagrebning «Dinamo» klubida boshlagan, u yerga 2014 yilda «Barselona» akademiyasidan ko‘chib o‘tgan.
«Men ispanman va har doim o‘zimni ispan deb his qilganman. Xorvatiyada mahalliy fuqarolikni olishimni va 2018 yilgi jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasida o‘ynashimni xohlashdi. Menga kelajak uchun kafolatlar berishdi, lekin bir kun kelib Ispaniyada bunday imkoniyatga ega bo‘lishimni bilardim,» – deya Olmoning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/