Tuxel: «Men bu lavozim uchun munosib bo‘lishga harakat qilaman»
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Mutaxassisdan germaniyalik bo‘lgan holda Angliya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlash qanday ekani so‘ralgan.
«Hayajonli va biroz noreal. Bu katta sharaf va men bundan juda faxrlanaman. Angliya terma jamoasi boshqaruvida xorijlik bo‘lish alohida sharaf ekanini juda yaxshi bilaman. Men bu lavozim uchun munosib bo‘lishga harakat qilaman», — dedi Tuxel matbuot anjumanida.
Tomas Tuxel Angliya terma jamoasini 21 va 24 mart kunlari JCH-2026 saralashi doirasida bo‘lib o‘tadigan Albaniya va Latviyaga qarshi o‘yinlarga tayyorlayapti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/