Yamal: «Men hech qanday bosimni his qilmayapman»

«Barselona» vingeri Lamin Yamal o‘yinlar vaqtida bosimni his qilmayotganini tan oldi.

Murabbiylar va jamoadoshlar ko‘pincha o‘yinchining nafaqat texnik mahoratiga, balki uning maydondagi sovuqqonligiga ham hayron qolishadi. Vunderkindning so‘zlariga ko‘ra, gap shundaki, u futbolga ko‘ngilxushlik sifatida qaraydi.

«Bosim? Shunchaki ko‘ngil ochish va vaqtni yaxshi o‘tkazish haqida o‘ylasangiz, hech qanday bosim yo‘q. Men masalaga aynan shunday yondashaman,» – deya «ko‘k-anorranglilar» yosh yulduzining so‘zlarini keltiradi ispan OAV.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter