«Napoli» darvozaboni mashg‘ulot paytida oyog‘ini sindirib oldi

Aleks Meret noma’lum muddatga safdan chiqdi.

«Napoli»ning italiyalik 28 yoshli posboni ertalabki mashg‘ulotlarda jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shifokorlar darvozabonda o‘ng oyoqning II kaft suyagi sinishini aniqladilar. Meretning safga qaytish muddati hozircha ma’lum emas.

Meret 2018 yildan beri «Napoli»da o‘ynamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter