Rafinya jarohatini qaytalab olgani aytilmoqda
«Barselona» hujumchisi Rafinya yana jamoa o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Jurnalist Jerar Romero xabariga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalik vinger o‘ng sonidan olgan jarohatini qaytalab olgan bo‘lishi mumkin. U bunday holatda yana 1 oyni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Rafinya joriy mavsumda jami 7 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
