«Roma» «Napoli» darvozaboni Meretni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
«Roma» klubi «Napoli» bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadigan 26 yoshli darvozaboni Aleks Meretga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «bo‘rilar» rahbariyati jamoaning amaldagi darvozaboni, 35 yoshli Rui Patrisiu bilan 2024 yilning iyun oyi oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirish mumkinligiga shubha qilmoqda.
Qayd etilishicha, Meretning shartnomasida u neapolliklar klubining 70% o‘yinlarida maydonga tushsa, u avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytiriladi degan band bor. Joriy mavsumda Meret jamoasining 68% o‘yinlarida ishtirok etgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/