A seriya. «Milan» o‘z maydonida autsayderga qarshi bahsning so‘nggi daqiqasida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)
Italiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan «Milan» — «Piza» bahsi dramatik tarzda yakunlandi. «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynashdi.
Uchrashuvda hisobni 7-daqiqada «Milan» hujumchisi Rafael Leau ochdi. 60-daqiqada «Piza» yarimhimoyachisi Xuan Kuadrado penaltidan hisobni tenglashtirdi. 86-daqiqada mehmonlar safida M’bala Nzola jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq 90+4-daqiqada «Milan» himoyachisi Zakari Atekame jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi — 2:2.
Sakkiz turdan keyin Massimiliano Allegri shogirdlari 17 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Piza» esa 4 ochko bilan 18-pog‘onada joylashgan.
Italiya — A seriya. 8-tur
24 oktyabr 2025 yil, juma. Milan, «San-Siro stadioni.
Milan — Piza — 2:2
Gollar: Leau, 7. — 1:0. Kuadrado, 60 (pen.) — 1:1. Nzola, 86 — 1:2. Atekame, 90+4 — 2:2.
Manba: championat.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
