«Bavariya»ning yaponliyalik futbolchisi jarohat oldi

Xiroki Ito «Bavariya» bilan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi.

Myunxen klubiga shu yozda «Shtutgart»dan kelib qo‘shilgan himoyachi «Dyuren» bilan o‘yinning (1:1) 21-daqiqasida jarohat olgandi. Uning o‘rniga 18 yoshli Adam Aznu maydonga tushdi.

«Uning suyaklari singan bo‘lishi mumkin. Bu uning uzoq muddatga safdan chiqishini anglatadi», – dedi «Bavariya» sport direktori Maks Eberl.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter