«Manchester Yunayted»ning asosiy himoyachisi jarohat sabab bir necha haftaga safdan chiqdi

Rafael Varan bir necha haftaga safdan chiqdi.

«Manchester Yunayted» himoyachisi «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (3:4) jarohat olgandi.

Klub fransiyalik futbolchi mushaklari shikastlangani uchun bir necha hafta o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. U may oyida, mavsum oxiriga kelib maydonga qaytadi.

Jonni Evans ham mushaklaridan jarohat oldi, ammo qisqaroq muddatga safdan chiqdi. U 13 aprel kuni «Bornmut»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Premyer-liganing 2023/24 yilgi mavsumida Varan 21 o‘yin o‘tkazib, 1 gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter