«Yuventus» «Milan»ga Vlaxovichning narxini ma’lum qildi
«Milan» «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Turinliklar bu yozda serbni sotish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda, chunki uning shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Vaziyatdan «rossonerilar» unumli foydalanishlari mumkin, ularning bosh murabbiyi Massimiliano Allegri futbolchi bilan «Yuventus»dagi hamkorlik orqali yaxshi tanish. Sky Sport xabariga ko‘ra, «keksa sinyora» forvardni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibiga kamida 30 mln yevroga sotadi.
Allegrining fikricha, Dushan Vlaxovich uning tizimiga juda mos keladi, ammo 25 yoshli futbolchining maoshi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bitimni bekor qilish oson bo‘lmaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/