«Lion» hujumchisi APLga ko‘chib o‘tishi mumkin

Fransiyaning «Lion» klubiga tegishli bo‘lgan gruziyalik hujumchi Jorj Mikautadze tumanli Albionga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega. Bu haqda Footmercato jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli hujumchini «Sanderlend» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchining bozor narxi 22 million yevroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda Mikautadze «Lion»ning 47 ta o‘yinida ishtirok etgan. Hujumchi o‘z hisobiga 17 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter