«Barselona» yaqin kunlarda Uilyamsning ozod qilish bandini faollashtiradi
«Barselona» vinger Niko Uilyamsning «Atletik Bilbao» bilan shartnomasidagi tovon pulini to‘lashga tayyor.
Futbolchini 58 million yevroga sotib olish mumkin. Jurnalist Helena Kondisning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniya giganti shu hafta bandni faollashtirish niyatida.
«Blaugrana» La Liganing so‘nggi mavsumida g‘alaba qozondi. «Atletik» turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/