“Yuventus” yanvarda asosiy futbolchisini sotishga tayyor

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovich qishki transfer oynasida sotib yuborilishi mumkin. Mish-mishlar serbning kelasi yozda Turin klubini tark etishi mumkinligi bilan bog‘laydi, ammo transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

Jurnalist Jovanni Albanezening so‘zlariga ko‘ra, agar qishda forvard uchun maqbul takliflar tushsa, «Yuventus» uni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Dushan Vlahovichning nufuzli Transfermarkt.com portalidagi qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.

24 yoshli futbolchining «keksa sinyora» bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi 16 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter