Gvardiola: «Afsus»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning klublar jahon chempionatidan chiqib ketgani haqida fikr bildirdi.
Bugun, 1 iyul kuni, «Manchester Siti» 1/8 final bosqichida «Al-Hilol»ga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
«Afsuski, biz juda yaxshi holatda edik. O‘yinchilarimizga minnatdorchilik bildirmasdan ilojim yo‘q. Ular qanday mashq qilganlari va tayyorgarlik ko‘rganlari, hamma narsani berganlarini ko‘rdim. Menga shunday tuyuladiki, jamoada hammasi joyida, lekin biz uyga qaytishga majburmiz. Endi dam olish va fikrlarni yangilash, so‘ngra kelasi mavsumda qaytish vaqti keldi,» – deya Gvardiolaning so‘zlarini City Xtra keltiradi.
Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi avgust oyida boshlanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/