Palmer «Vest Xem»ga o‘tishga juda yaqin edi

«Vest Xem» bosh murabbiyi Devid Moyes hujumkor yarim himoyachi Koul Palmerning «bolg‘achilar»ga amalga oshmay qolgan transferini esladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning kuzida futbolchi «Manchester Siti»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi.

“Biz Palmer bilan shartnoma imzolashga juda yaqin edik. Tasavvur qilgandirsiz, futbolchilarimizdan biri klubni tark etishi va bu (transfer) sodir bo‘lishi ehtimoli bor edi.

Men uning agenti bilan doimiy aloqada bo‘lganman va biz muvaffaqiyatga erishdik, ammo so‘nggi daqiqada nimadir o‘zgardi va biz kelishuvni yakunlay olmadik», – deya Moyesning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter