Moyesning «Vest Xem»dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi

«Vest Xem» bosh murabbiyi Devid Moyes London klubini tark etmaydi. Bu haqda Mirror Football xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, «Vest Xem» 60 yoshli mutaxassisni jamoaning yomon sport formasi va muxlislar bosimi ortib borayotganiga qaramay, ishdan bo‘shatish niyatida emas.

Moyes 2019 yildan buyon «Vest Xem»ni boshqarib kelmoqda. Murabbiyning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.

25 turdan so‘ng «bolg‘achilar» 36 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter