Palmer «Chelsi» rekordini o‘rnatishga yaqin turibdi

«Chelsi»ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, rekordga yaqinlashdi.

Angliyalik futbolchi Andre Onana darvozasiga ikki marta penaltidan va yana bir marta o‘yindan gol kiritdi. Londonliklar 21 yoshli futbolchining 100 va 101-daqiqalarda yo‘llagan aniq zarbalari evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi (4:3).

Palmerning joriy Premyer-ligada hozircha 24 ta golda qatnashdi (16 ta gol va 8 ta golli uzatma) bor – bu «Chelsi»dagi debyut mavsumida gollarda ishtirok etish borasida Jimmi Floyd Xasselbaynkdan keyin (32 ta golda ishtirok, 2000/01 mavsum) ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkich. Palmerning bugungi o‘yindagi xet-triki uni Diyego Kostadan oldinga o‘tishiga sabab bo‘ldi, u «Chelsi»dagi birinchi mavsumida 23 ta golda qatnashgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter