Xoland APL to‘purarligi uchun oxirigacha kurashishiga to‘g‘ri keladi

Aleksandr Isak Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatida Koul Palmer bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

«Nyukasl» hujumchisi kecha APLning 36-turi doirasida «Byornli» darvozasiga gol urdi. Oxirgi 7 uchrashuvda uning hisobida 8 ta gol bor.

Umuman olganda, shved futbolchisi Angliya chempionatida 20 ta gol urdi – xuddi «Chelsi» vakili Koul Palmer kabi. Ulardan faqat Erling Xoland (“Manchester Siti”) oldinda – 21 ta gol.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter