Niderlandiyada hakam jamoa bilan chempionlikni nishonladi va bir umrga futboldan chetlatildi
Niderlandiyalik hakam Yan Smit “Sent-Jorj” klubi bilan birgalikda chempionlikni nishonlagani uchun umrbod futboldan chetlatildi.
Smit Niderlandiyaning to‘rtinchi divizioni chempioni aniqlangan “Sent-Jorj” — “Valken” (2:2) uchrashuvida hakamlik qildi.
Uchrashuv davomida hakam “Valken” futbolchilariga uchta qizil kartochka ko‘rsatgan va ikkinchi bo‘limga 15 daqiqa qo‘shib bergan.
Qo‘shib berilgan vaqtda “Sent-Jorj” darvozaboni Deyv Laan hisobni tenglashtirib, jamoasiga chempionlikni taqdim etdi. Keyinchalik Smit Sent-Jorj chempionligini nishonlayotgan tadbirda ko‘rinish bergan. OAVda tarqalgan videoda u sahnada qo‘shiq ijro etayotganini ko‘rish mumkin.
Shundan so‘ng “Valken” klubi Niderlandiya Qirollik futbol assosiasiyasiga rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi va u hakam umrbod futboldan chetlashtirildi.
Manba: daryo.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/