APL. Saloh 2 ta gol urgan o‘yinda «Liverpul» «Nyukasl»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Angliya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan «Liverpul» va «Nyukasl» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1 yanvar oqshomida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Vaholanki, 21-daqiqada mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi. Ammo Salohning zarbasini «Nyukasl» posboni Dubravka qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda esa muxlislar 6 ta golga guvoh bo‘lishdi. Muhammad Saloh dublga erishgan bo‘lsa (ularning birini penaltidan urdi), «Liverpul»ning yana ikkita goliga Kertis Jons va Kodi Gakpo mualliflik qilishdi. «Qarg‘alar»ning gollari Aleksander Isak va Sven Botman hisobiga yozildi.

Mazkur g‘alaba tufayli «Liverpul»ning gollari 45 taga yetdi. Jamoa ikkinchi o‘rindagi «Aston Villa»dan 3 ochko oldinda bormoqda. «Nyukasl» esa 29 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.

APL, 20-tur
Liverpul – Nyukasl 4:2 (0:0, 4:2)
Gollar: 1:0 – 49 Saloh, 1:1 – 54 Isak, 2:1 – 74 Jons, 3:1 – 78 Gakpo, 3:2 – 81 Botman, 4:2 – 86, penalti Saloh.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Gomes, Endo (Mak Allister, 75), Soboslai (Gravenberx, 64), Jons, Saloh, Dias (Diogu Jota, 64), Nunyes (Gakpo, 64).
Nyukasl – Dubravka, Livramento, Sher, Botman, Bern (Xoll, 82), Bruno Gimaraes, Longstaff, Mayli (Almiron, 54), Joelinton (Lassels, 82), Gordon, Isak.
Ogohlantirishlar: Bruno Gimaraes (28), Dias (45), Mayli (45), Aleksander-Arnold (45), Endo (65), Joelinton (66), Dubravka (84), Longstaff (89).

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter