«Marsel» murabbiyi faoliyatini yakunlaydi

«Marsel» bosh murabbiyi Jan-Lui Gasse 2023/24 yilgi mavsum yakunida professional faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

“Yakshanba haqiqatan ham faoliyatimdagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi. Men murabbiylikni tugataman, bu mening yakuniy qarorim», – deya Gasse so‘zlarini keltiradi Actu Foot.

70 yoshli Gasse 2024 yilning fevralidan beri «Marsel»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 8 marta g‘alaba qozongan, 3 marta durang o‘ynagan va 10 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Joriy mavsumda “Marsel” 33-turdan keyin 47 ochko jamg‘arib, Liga 1 turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter