Gyusto: «Biz Palmerga Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lishiga yordam berishimiz kerak»

«Chelsi»ning o‘ng qanot himoyachisi Malo Gyusto jamoadoshi Koul Palmer Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi to‘purariga aylanishiga umid bildirdi.

“Biz Palmerga Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lishiga yordam berishimiz kerak. U o‘ziga xos futbolchi. Koul jamoamizda o‘ynayotganidan juda xursandmiz», – deya Gyustoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.

Palmer Premyer-ligadagi 20 ta golidan 9 tasini penaltidan urgan. Koul o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter