APL. «Chelsi» kichik hisobda g‘alaba qozondi

Angliya chempionatining 21-turiga start berildi. «Chelsi» o‘z maydonida «Fulxem»ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Unda Koul Palmer aniq amalga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa to‘p darvozalarga kirmadi. «Chelsi» ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 31 taga yetkazdi va jadvalda 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL, 21-tur
Chelsi – Fulxem 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45+3, penalti Palmer.
Chelsi – Petrovich, Gyusto (Gilkrist, 90), Tiago Silva, Disasi, Koluill, Gallaxer, Fernandes, Palmer (Chukvuemeka, 90), Kaysedo, Sterling (Chiluell, 77), Broya (Madueke, 66).
Fulxem – Leno, Tete (Kastan, 64), Adarabioyo, Diop, Robinson, Kerni, Uilson (Dekordova-Rid, 64), Pereyra (Rodrigo Muniz, 82), Palinya (Lukich, 83), Villian, Ximenes.
Ogohlantirishlar: Gyusto (38), Uilson (49), Fernandes (58), Disasi (75), Tiago Silva (79), Palmer (79).

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter