Ismoil Bennaserning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi.

Bugun yarim himoyachi Jazoir terma jamoasi bilan mashg‘ulot vaqtida jarohat olgani va Liberiya bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi malum bo‘ldi. Tez orada u «Milan»ga jo‘nab ketadi.

«Sky Sports Italia» xabariga ko‘ra, Afrika terma jamoasi tibbiyot xodimlari futbolchiga boldir mushaklarining uchinchi darajali jarohati, ya’ni yorilishi tashxisini qo‘yishgan. Agar tashxis milanlik shifokorlar tomonidan tasdiqlansa, u holda yarim himoyachining taxminan uch oy, eng yaxshisi ikki yarim oyni o‘tkazib yuboradi.

Bennaser may oyida tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘tgan mavsum boshini o‘tkazib yuborgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/