«Aston Villa» hujumchisi La Liga grandi safiga o‘tishi mumkin

«Barselona» «Aston Villa»ning 20 yoshli hujumchisiga qiziqish bildirmoqda. «El Nacional» xabariga ko‘ra, gap Jon Dyuran haqida ketmoqda.

Joriy mavsumda Unai Emeri jamoasining yosh hujumchisi oltita uchrashuvda maydonga tushib, to‘rt bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Jon barcha gollarini Premyer-ligada kiritgan. Hujumchi «Villa»ga bir yarim yil avval Amerikaning «Chikago» klubidan ko‘chib o‘tgandi.

Qayd etilishicha, «Barselona»ning sport direktori Deku Birmingem klubi vakillari bilan ehtimoliy transferni muhokama qilish uchun allaqachon aloqaga chiqqan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter