Mbappe «Espanyol» darvozasiga penalti tepishdan oldin darvozabonga nima dedi?

Dam olish kunlarida “Real” o‘z maydonida «Espanyol»ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yin oxirida penaltini hujumchi Kilian Mbappe aniq amalga oshirdi. Zarbadan oldin «Espanyol» darvozaboni Mbappega nimadir dedi. Balki darvozabon qandaydir yo‘l bilan yulduz fransuzga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgandir.

«Menga aytayotgan birorta so‘zingni tushunmayapman, jin ursin», degan edi Mbappe javoban.

Kilian Mbappening darvozabonga aytgan so‘zlari yonida turgan himoyachi Lukas Vaskesning kulgisiga sabab bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter