«Bayer» Virsga katta narx qo‘ydi

Leverkuzenning «Bayer» klubi o‘zining yosh yarim himoyachisi Florian Virsning keyingi yozda yuqori darajadagi jamoaga ketishini bilib yuqori narx belgiladi. Sport.es xabariga ko‘ra, «dorichilar» yarim himoyachi uchun 150 million yevro olmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, Virtz xizmatlariga bir qator top-klublar, jumladan, «Real» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda. Avvalroq yarim himoyachiga «Bavariya» ham qiziqayotgan edi.

21 yoshli Virs Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter