«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Fil Jons faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
32 yoshli futbolchi murabbiy bo‘lish niyati borligini ma’lum qildi.
«Faoliyatim men xohlaganimdan tezroq yakunlandi.
Ammo stakanning yarmi to‘lgan. UEFA A lisenziyasini oldim va o‘zimni murabbiy sifatida sinab ko‘rdim.
Kelajakda qaysidir jamoani boshqarmoqchiman. Men bunga erishmoqchiman», – dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi.
Angliyalik futbolchi 2011 yildan 2023 yilgacha «MYU»da o‘ynagan. Bu vaqt ichida u 6 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan, Premyer-liga chempionligi va Yevropa Ligasi g‘olibligi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/