Flik nega De Yongni maydonga tushirmaganini tushuntiradi
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik nega yarim himoyachi Frenki de Yongni zaxirada qoldirganini tushuntirdi.
Niderlandiyalik futbolchi oy boshida jarohatidan forig‘ bo‘ldi. U «Blaugrana»ning oldingi ikkita o‘yinida maydonga tushdi, ammo yakshanba kungi «Sevilya» bilan o‘yinni (5:1) zaxirada o‘tkazdi.
«Frenki o‘yin oldidan biroz noqulaylik sezdi, ammo u jarohat olmadi va yaxshi. Bugun men uni maydonga tushirishim mumkin edi, lekin men undan ko‘ra Gavini afzal ko‘rdim», – deli Kataloniya klubi bosh murabbiyi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/