Kroos: «Mbappening kelishi qarorimga ta’sir qilmagan»

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos hujumchi Kilian Mbappening transferi uning faoliyatini yakunlash qaroriga ta’sir qilmaganini aytdi.

— Mbappening transferi sizni yana bir yil faoliyatingizni davom ettirish istagini uyg‘otmadimi? Siz u bilan o‘ynashga qiziqmaganmisiz?

– Yo‘q… Bu qaror futbolchining kelishi yoki ketishiga bog‘liq emas, bu mening qarorim edi. Men Mbappe kelayotganini bilardim va u kelganidan xursandman, chunki u jamoaga yordam beradi. Bu ikki yil oldin bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin endi u nihoyat shu yerda. Ammo Mbappening kelishi mening qarorimga ta’sir qilmadi», – deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, Kroosning «Real» bilan shartnomasi shu yil yakuniga etgan va shundan so‘ng butsalarini mixga ilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter