Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro qaysi klubda ishlashni istayotganini aytdi.
«Oxirgi haftalarda men chet el klublarining bir nechta takliflarini rad etdim, chunki men Italiyada qolib, «Udineze»dagi ijobiy tajribadan so‘ng A Seriyaning boshqa klubiga ishga kirmoqchiman», – dedi Kannavaro.
Kannavaro Xitoyda ishlagan, u yerda mahalliy klublar va terma jamoaga ustozlik qilgan. Mutaxassis “Guanchjou” bilan Xitoy chempioniga aylandi. Kannavaroning oxirgi ish joyi «Udineze» bo‘lgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/