«Real» Klopp va Kroosga jamoa boshqaruvini topshirmoqchi
Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos «qirollik klubi»da ish boshlashi mumkin. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mun xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Yurgen Kloppni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlamoqchi. Kroos esa o‘z hamyurtining murabbiylar shtabidan joy olishi mumkin. Ta’kidlash joizki, ikki nemis mutaxassisi o‘rtasidagi munosabatlar juda yaxshi.
Madrid grandi joriy mavsumni Xabi Alonso qo‘l ostida boshlagan edi. Mavsum davomida «Real» boshqaruvda o‘zgarishga qo‘l urdi va Alvaro Arbeloani murabbiy etib tayinladi. Ispaniya chempionati turnir jadvalida Madrid jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. UYEFA Chempionlar ligasidagi ishtirokini esa «Real» chorak final bosqichida yakunlagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
