«Real» Kroosni saqlab qolishiga ishonmoqda
Madridning “Real” klubi va yarim himoyachi Toni Kroos haligacha yangi mehnat shartnomasini imzolash borasida kelishib olishmadi. Shu bilan birga, insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Los-Blankos» rahbariyati 34 yoshli germaniyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash imkoniyatlarini yuqori baholaydi.
«Real» va Kroos o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning yozida tugaydi. Madridliklar yulduz yarim himoyachini kelasi mavsumda saqlab qolishga umid qilishmoqda.
Toni ispan klubida 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi 28 ta o‘yinda maydonga tushdi. Nemis futbolchisida bitta gol, 7ta golli uzatma va uchta sariq kartochka bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/