Rafael Benites Angliya Premyer-ligasiga qaytmoqçi

«Liverpul»ning sobiq boş murabbiyi Rafael Benites Angliya Premyer-ligasida yana işlaş istagi borligini bildirdi.

Ayni paytda ispaniyalik mutaxassis UYEFAning texnik kuzatuv guruhida faoliyat yuritib, öyinlar tahlili, taktik tendensiyalarni örganiş va hisobotlar tayyorlaşda iştirok etmoqda.

«Hozir UYEFAda işlayotganimni bilasiz. Ammo futbolçilarni yaxşiroq taniş va ularning öyin uslubini tuşuniş uçun muntazam ravişda uçraşuvlarni, ayniqsa, Premyer-liga bahslarini kuzataman.

Yaqinda «Yuventus» — «Napoli», keyin esa «Liverpul» — «Arsenal» öyinlarini tomoşa qildim. Ular örtasidagi farq yaqqol seziladi.

APL menga şiddatli muhiti bilan yoqadi. Har bir öyin, har bir töp uçun kuraş — alohida sinov. Bu ajoyib!

Muammo şundaki, munosib loyiha topiş kerak. Hozirgi futbolda esa uzoq muddatli loyihalar haqida gapiriş ança qiyin», — deya Benitesning sözlarini keltiradi talkSPORT.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter