Saliba o‘zini «Real»ning sobiq futbolchisi bilan taqqosladi
Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba o‘zini qaysi sobiq futbolchi bilan taqqoslash mumkinligini aytdi.
«Kanonirlar»ning 24 yoshli markaziy himoyachisi Madridning «Real» va «Manchester Yunayted» klublaridagi o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan hamyurti Rafael Varanni yodga oldi.
«Yaxshi savol. O‘yinni endi boshlaganimda odamlar meni Varanga o‘xshatishardi. Shuning uchun, ehtimol, agar bitta sobiq futbolchini tanlash kerak bo‘lsa, men uning ismini aytaman», – deya Salibaning javobini keltiradi Madrid Xtra.
Rafael Varan 2024 yilda navbatdagi jarohatidan so‘ng butsasini mixga ilib qo‘ygan edi. Fransuzning faoliyatidagi so‘nggi klubi Italiyaning «Komo» klubi bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
