Saliba: «Olise bizning o‘yinimizga rang-baranglik olib kiradi»
«Arsenal» markaziy himoyachisi Uilyam Saliba Maykl Olisening Fransiya terma jamoasi uchun ahamiyati haqida gapirdi.
23 yoshli vinger “Bavariya”ning asosiy o‘yinchisiga aylandi. «Olise – Fransiya terma jamoasining yetakchilaridan biri. U bizning o‘yinimizga rang-baranglik olib kiradi.
U yaxshi texnikaga ega. Maykl ajoyib yigit, ba’zida biroz beparvo, bu juda kulgili. U juda yaxshi futbolchi va bizga albatta yordam beradi», – dedi Saliba matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/