2023 yilning eng kuchli 10 himoyachisi reytingi e’lon qilindi

«S90″ futbol nashri 2023 yilning eng kuchli 10 himoyachisi reytingi e’lon qildi. Yakunlangan yilning eng yaxshi himoyachisi sifatida «Arsenal» klubi va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Vilyam Saliba tan olindi.

Top-10 quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

1. Vilyam Saliba («Arsenal», Fransiya);
2. Kayl Uolker («Manchester Siti», Angliya);
3. Ruben Diash («Manchester Siti», Portugaliya);
4. Virjil van Deyk («Liverpul», Niderlandi);
5. Federiko Dimarko («Inter», Italiya);
6. Kim Min Je («Bavariya», Janubiy Koreya);
7. Ashraf Hakimiy («PSJ», Marokash);
8. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul», Angliya);
9. Alfonso Devis («Bavariya», Kanada);
10. Ronald Arauxo («Barselona», Urugvay).

Saliba joriy mavsumda londonliklar safida barcha musobaqalar doirasida 27 o‘yinda ishtirok etib, bir gol va bir assist muallifiga aylandi.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter