Kempbell «Arsenal»ga Saliba borasida maslahat berdi

Londonning «Arsenal» klubi sobiq himoyachisi Sol Kempbell Vilyam Salibani klubning hozirgi tarkibidagi eng istiqbolli futbolchisi deb hisoblaydi. U klub rahbariyatini vasvasaga soladigan takliflar tushsa ham, futbolchini qo‘yib yubormaslikka harakat qilishga chaqirdi.

«Men ajoyib salohiyatga ega futbolchi – Vilyam Salibaga e’tibor qaratmoqchiman. Uning qanday rejalari borligini bilmayman, lekin klub uni saqlab qolishga harakat qilishi kerak. Ishonchim komilki, yirik klublar uni o‘z ixtiyoriga o‘tkazib olishga harakat qilishadi», – deya Kempbell so‘zlarini keltiradi Italiyaning ITASportPress agentligi.

Saliba London klubida 2019 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter