Fermin Lopes «Barselona»da Flik undan nimani talab qilayotganini aytdi

«Barselona» hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning talablari haqida gapirdi.

22 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar» safida har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushavermaydi, ammo uning statistikasi baribir hayratlanarli – joriy mavsumda 18 o‘yinda 7 gol va 4 assist.

«Murabbiy mendan intensivlikni, pressingda faol ishtirok etishni, vertikallikni, to‘pga egalik qilishda xotirjamlikni, jarima maydoniga qo‘shilishlarni, darvozaga zarba berishni talab qiladi. Aynan shu uslubda o‘ynashga doim harakat qilganman. Flik menga ishonch bag‘ishlaydi, u bilan ishlash menga qulay,» – dedi Fermin intervyuda.

3 yanvar kuni «Barselona» La Liga doirasida «Espanyol»ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter