Fermin Lopes «Barselona»da qaysi pozisiyada o‘ynashni afzal ko‘rishini aytdi
«Barselona» futbolchisi Fermin Lopes maydondagi sevimli pozisiyasini aytdi. 22 yoshli ispaniyalik o‘zining universalligi bilan tanilgan: so‘nggi ikki mavsumda Xans-Diter Flik uni hujumning ikkala qanotida, hujumchi ostida va o‘rta chiziqda o‘ynatishga muvaffaq bo‘ldi.
«Qaysi pozisiyada menga eng qulay? O‘ynash imkoniyatining o‘zidan xursandman. Chap qanot vingeri, o‘ng qanot vingeri, hujumchi, hujumkor yarim himoyachi – men istalgan joyda o‘ynay olaman. Agar baribir tanlash kerak bo‘lsa, men o‘zimni hujumkor yarim himoyachi pozisiyasida eng yaxshi his qilaman – aynan o‘sha yerda mening sifatlarim eng yaxshi tarzda namoyon bo‘ladi,» – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Fermin Lopes joriy mavsum «ko‘k-anorranglilar» safida 18 ta o‘yinda 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
