Fermin Lopes «Barselona»ning chempionlik uchun o‘yini yakunida nima bo‘lganini tushuntirib berdi
«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes 36-turda «Espanyol» ustidan qozonilgan mehmondagi g‘alabadan keyin jamoa chempionlikni nishonlamagani sababini tushuntirdi.
«Murabbiy bizdan raqib muxlislari oldida bayram qilmaslikni so‘radi. Biz hurmat ko‘rsatishga qaror qildik. «Barselona» o‘z maqsadiga erishdi va chempion bo‘ldi», – dedi yarim himoyachi.
Xans-Diter Flik jamoasi La Liga mavsumi yakunlanishiga ikki tur qolganda chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/