Flik – Fermin haqida: «Transfer oynasi yopilganidan xursandman»

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Fermin Lopesning «Chelsi»ga o‘tolmagani haqida gapirdi.

Ingliz klubi ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunlarida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Yakshanba kuni kataloniyaliklar «Valensiya»ni yirik hisobda mag‘lub etishdi (6:0), uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb esa dubl qayd etgan Lopes topildi.

«Transfer oynasi yopilganidan xursandman. Endi bizda futbolga e’tibor qaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Siz Fermin ajoyib tarzda harakat qilganini ko‘rdingiz,» – deya Flikning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter